Grizmann “Atletiko Madrid”dan ketishi mumkin
Sport
−
04 dekabr 885 1 daqiqa
Fransiyalik hujumchi Antuan Grizmann “Atletiko Madrid”ni tark etishi mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, Libertadores kubogining amaldagi chempioni bo‘lgan Braziliyaning “Flamengo” klubi uni o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqmoqda. Bu haqda “Telegrafi” nashri xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, “Flamengo” Grizmanni klubning kengayib borayotgan moliyaviy va sport loyihasiga to‘liq mos nomzod deb biladi. Ularning fikricha, Grizmanning maydondagi mahorati va global brend sifatidagi ta’siri jamoadagi rivojlanish jarayonini sezilarli tezlashtirishi mumkin.
Transfer ehtimolini oshirayotgan yana bir omil – Grizmannning sobiq jamoadoshi Felipe Luisning aynan “Flamengo”da bosh murabbiylik qilayotgani. Ularning yaxshi munosabatlari fransiyalik yulduzni Braziliyaga ko‘chishga ko‘ndirishda muhim rol o‘ynashi aytilmoqda.
Agar Grizmann “Flamengo”ni tanlasa, u bu yerda o‘zining sobiq jamoadoshlari Samuel Lino va Saul Niges bilan yana birga to‘p surish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Grizmannning “Atletiko Madrid” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozida yakunlanadi. Joriy mavsumda esa u La Liga doirasida atigi 5 ta o‘yinda asosiy tarkibdan maydonga tushgan, qolgan uchrashuvlarda esa, asosan, zaxiradan maydonga qo‘shilmoqda.
Live
Barchasi