Guterrish Trampga qarshi “sabotaj” bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishni buyurdi

Olam

image

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish BMT Bosh Assambleyasida AQSH Prezidenti Donald Trampga qarshi yuz bergan “sabotaj” bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishni buyurdi. Bu haqda CNBC xabar berdi.

Telakanalga ko‘ra, Donald Tramp BMTdan u bilan Bosh Assambleya sessiyasi davomida sodir bo‘lgan “uchta sirli voqea”ni tekshirishni talab qilgan. Ularga eskalatorning to‘xtab qolishi, telesuflyorning o‘chishi va nutqi chog‘ida tovushning uzilishi kiradi.

Manbaga ko‘ra, BMT Bosh kotibining vakili Stefan Dyujarrik ushbu hodisalarni tergov qilish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

“Bugun kechqurun BMT Bosh kotibi AQSHning BMTdagi doimiy vakolatxonasidan joriy yilning 23 sentyabr kuni Prezident Trampning BMT qarorgohiga tashrifi vaqtida sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan murojaat oldi. Bosh kotib allaqachon batafsil tekshiruv o‘tkazishni buyurganini bildirdi”, deydi u.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 23 sentyabr kuni Donald Tramp BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlash uchun qarorgoh binosiga ko‘tarilayotganida eskalator to‘xtab qolgan. Oq uy esa agar eskalator ataylab to‘xtatilgan bo‘lsa, aybdorlarni ishdan bo‘shatishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlash uchun minbarga chiqqan paytda telesuflyor ishlamay qolgani va Tramp bunga mas’ul shaxs “katta muammoga duch kelishini” aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Antoniu Guterrish Stefan Dyujarrik sabotaj

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing