Gvardiola Donnarummani nishonga oldi
Sport
−
13 avgust 2851 1 daqiqa
Italiyalik darvozabon Janluiji Donnarumma “Pari Sen-Jermen” (PSJ)ni tark etadi. U allaqachon Angliyaning “Manchester Siti” klubi bilan kelishuvga erishgan. Bu haqda fransiyaning “Lequipe” nashri xabar berdi.
Kecha, 12 avgust kuni PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike italiyalik darvozabon bilan munosabatlarni tugatishini e’lon qildi. Bundan “Manchester Siti” jamoasi foydalanib, Donnarummani o‘z safiga qo‘shib olish niyatida.
Italiya terma jamoasi posboning parijliklar bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar etib belgilangan. Shunga qaramay Donnaruma o‘z ijtimoiy tarmoqlari orqali Parij klubi muxlislari bilan xayrlashga ulgurdi.
“Manchester Siti” esa o‘z darvozaboni Ederson Morayes va “Galatasaroy” o‘rtasidagi muzokaralar yakunlanishini kutib turibdi, agar tomonlar o‘zaro kelishuvga erishsa, “shaharliklar” uncha katta bo‘lmagan summa taklifi bilan Donnaruma transferini amalga oshiradi.
Ma’lumot uchun, ertaga, 14 avgustga o‘tar kechasi “Pari Sen-Jermen” UEFA Superkubogi uchun “Tottenxem” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.