Ichki ishlar vaziri MMA assotsiatsiyasiga rais bo‘ldi
Jamiyat
−
08 Oktabr 4179 1 daqiqa
Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpulatov aralash jangovar san’atlar (MMA) assotsiatsiyasining raisi etib saylandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Bundan avval, 2020 yil avgustidan buyon assotsiatsiyaga Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov rahbarlik qilib kelgan.
Joriy yil aprel oyida Aziz Toshpo‘latov O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi etib ham saylangan edi.
Ma’lumot uchun, aralash jangovar san’atlar assotsiatsiyasi 2019 yilda tashkil etilgan. Assotsiatsiyaning ilk raisi etib Otabek Umarov saylangan. Uning ta’kidlashicha, mazkur tashkilot jangovar sportchilarga yordam berish, ularning o‘z tashabbusiga tayangan holda mashg‘ulot o‘tkazishi va musobaqalarda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuzilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi etib tayinlangandi.
Live
Barchasi