Ichki ishlar vaziri jamoat joyida chekkani uchun jazolandi (video)

Olam

image

Qirg‘iziston Ichki ishlar vaziri Ulan Niyozbekov jamoat joyida chekkani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda “Kaktus Media” xabar berdi.

Qayd etilishicha, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda video tarqalib, unda Qirg‘iziston Ichki ishlar vaziri Ulan Niyozbekov jamoat joyida chekayotgani aks etgan.

Bugun, 23 mart kuni vazir Niyozbekovga nisbatan bayonnoma tuzilgan va u 3 000 som (taxminan 420 000 so‘m) miqdorida jarimaga tortilgan.

Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov 2021 yil 15 sentyabrda jamoat joylarida chekishni taqiqlovchi qonunni imzolagan. Mazkur hujjatga ko‘ra, jamoat joylarida chekish taqiqlanadi. Bu taqiq elektron sigaretalar, chilim va turli chekish mahsulotlariga ham tegishli.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa va Markaziy Osiyodagi 53 davlat 2030 yilga borib ham dunyoda tamaki mahsulotlari eng ko‘p iste’mol qilinadigan mintaqa bo‘lib qolishi mumkinligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Ichki ishlar vaziri jazolandi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing