IIO mashinasida ayol farzandli bo‘ldi (video)
Olam
−
27 Sentabr 7071 1 daqiqa
Kecha, 26 sentyabr kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahrida tug‘uruqxonaga ketayotgan ayol chaqalog‘ini patrul mashinasida dunyoga keltirdi. Bu haqda Politsiya va chegara xizmati matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, IIO xodimlaridan homilador ayolni tug‘uruqxonaga olib borish so‘ralgan. Favqulodda vaziyatlar xizmati zudlik bilan chora ko‘rgan, biroq ayol to‘g‘ridan to‘g‘ri mashinada tug‘gan. U shundan so‘ng 2-sonli tug‘uruqxona shifokorlariga topshirilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, ona va bolaga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan, ularning ahvoli barqaror, deb baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning Toshkent-Istanbul reysi bo‘yicha uchgan samolyotda qirg‘izistonlik ayolning ko‘zi yorigandi. Qozog‘istonning Qarag‘anda shahrida esa avtobus kutayotgan ayol bekatda tug‘ib qo‘ygandi.
Live
Barchasi