IIVda kiberjinoyatchilik bo‘yicha alohida departament tashkil qilinadi
Olam
−
27 yanvar 1640 1 daqiqa
Ichki ishlar vazirligida kiberjinoyatchilik bo‘yicha alohida departament tashkil qilinadi va unga vazirning o‘zi mas’ul bo‘ladi. Bu haqda bugun, 27 yanvar kuni Prezident raisligida o‘tayotgan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Kiberjinoyatlar kundan-kunga ko‘payib, uning turlari 18 tadan 62 taga chiqqan. Ayniqsa, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, sun’iy intellekt orqali ovoz va yuz qiyofasini o‘xshatish, zararli fayllarni tarqatish avj olyapti.
O‘zlashtirilgan mablag‘lar kriptovalyuta shaklida chetga chiqarilmoqda.
Bularni tezkor fosh etish va to‘xtatish uchun huquq-tartibot xodimlari kibertexnologiyalar va sun’iy intellektni mukammal egallashi lozimligi qayd etilgan.
Shu bois, Ichki ishlar vazirligida kiberjinoyatchilik bo‘yicha alohida departament tashkil qilinadi va unga vazirning o‘zi mas’ul bo‘ladi.
Adliya vazirligida kiberjinoyatchilik va raqamli huquq bo‘yicha alohida boshqarma ochiladi.
Live
Barchasi