Imomali Rahmon Eron Oliy rahbariga tabrik yo‘lladi

Olam

image

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Eron Islom Respublikasining yangi Oliy rahbari etib saylangan Oyatulloh Sayyid Mujtaba Husayn Xomanayiga tabrik yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tabriknomada Rahmon Mujtaba Xomanayi rahbarligida Eron xalqi mamlakat oldida turgan qiyinchiliklarni yengib o‘tishiga ishonch bildirgan. Shuningdek, u Eronning mintaqaviy va global tinchlik hamda barqarorlikni mustahkamlashdagi rolini yuqori baholagan.

Tojikiston yetakchisi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni o‘zaro ishonch va hurmat tamoyillari asosida yanada rivojlantirishga tayyor ekanini ham ta’kidlagan.

Kecha, 9 mart kuni Eronning 88 nafar nufuzli ilohiyotshunosidan iborat Ekspertlar kengashi Mujtaba Xomanayini mamlakatning uchinchi Oliy rahbari etib sayladi. U siyosiy va ijtimoiy masalalarda tajribali ilohiyotshunos sifatida ta’riflangan.

Shundan so‘ng Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi yangi rahbarga sodiqlik qasamyodini qabul qildi.

Ma’lumot uchun, avvalgi Oliy rahbar Ali Xomanayi AQSH va Isroilning Eron hududiga qarshi qo‘shma harbiy operatsiyasi boshlangan kunning o‘zida halok bo‘lgandi. Uning vafotidan so‘ng vaqtinchalik boshqaruv kengashi tuzilgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon ikki haftalik tanaffusdan so‘ng yana ko‘rinish bergandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Eron Imomali Rahmon Oyatulloh Sayyid Mujtaba Husayn Xomanayi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing