Imomali Rahmonning qizi yangi lavozimga tayinlandi

Olam

image

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning kenja qizi Farzona Imomali mamlakat Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining islohotlar, birinchi tibbiy yordam va xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

“Yosh mutaxassisning kasbiy mahoratini inobatga olib, joriy yilda Tojikiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrug‘i bilan Farzona Imomali vazirlik markaziy apparatining islohotlar, birlamchi tibbiy yordam va xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi”, deyiladi xabarda.

U tayinlovga qadar 2021 yildan buyon Sog‘liqni saqlash vazirligining islohotlar, birlamchi tibbiy yordam va xalqaro aloqalar boshqarmasi mutaxassisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Prezident Imomali Rahmonning kenja qizi Farzona Imomali 1998 yilning 4 iyulida Dushanbe shahrida tug‘ilgan. U o‘rta maktabni tamomlab, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti litseyining Dushanbe shahridagi filialiga o‘qishga kirgan va uni 2014 yilda a’lo baholarga tamomlagan.

O‘sha yili Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universitetining davolash fakultetiga o‘qishga kirib, uni 2020 yilda imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2022 yilda pediatriya yo‘nalishi bo‘yicha klinik ordinaturani, 2023 yilda esa Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining Davlat boshqaruvi fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Tojikiston Xalq demokratik partiyasi a’zosi, oila qurmagan, ammo bir farzandni tarbiyalaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning 17 yoshli o‘g‘li Adam Qodirov Ichki ishlar vazirligining mintaqaviy boshqarmasi kuratori etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Imomali Rahmon yangi lavozim Farzona Imomali Prezidentning qizi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing