Imomali Rahmonning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi
Jamiyat
−
20:01 1304 1 daqiqa
Bugun, 27 mart kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning O‘zbekistonga davlat tashrifi nihoyasiga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Kecha, 26 mart kuni davlat rahbarlari tor doirada muzokaralar va Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishini o‘tkazdi, qo‘shma loyihalarga start berdi. Uchrashuvlar yakunida ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolandi.
Bugun, 27 mart kuni sammit Buxoroda davom etdi. Davlat rahbarlari tarixiy obidalarni ziyorat qildi, sanoat korxonasining faoliyati bilan tanishdi.
Tadbirlar yakunlangach, Buxoro xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi.
Shu bilan davlat rahbari Buxoroga safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
Live
Barchasi