Oxirigacha kurashing – Shavkat Mirziyoyev

Jamiyat

image

Bugun, 22 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan uchrashuvi chog‘ida futbolchilarga omad tiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

U futbolchilarga qarata tarix yozilgani va shunday bo‘lsa ham oxirigacha kurashish kerakligini alohida ta’kidlagan.

“Endi futbolchilarga qarata aytmoqchiman: jahon chempionatida oson o‘yinning o‘zi yo‘q. Sizlar Portugaliya, Kolumbiya, Kongo kabi terma jamoalar bilan o‘ynaysizlar. Xalqimiz har bir o‘yinda sizlardan g‘alaba kutishi tabiiy, albatta. Lekin bir narsani doimo yodda tuting: sizlar tarixni allaqachon yaratib bo‘ldingiz!

Oldingizda turgan muhim uchrashuvlarda ortiqcha bosimsiz, hech kimdan hayiqmasdan, boringizni berib o‘ynang. Har bir to‘p, har bir vaziyat, maydonning har bir qarichi uchun oxirigacha kurashing!” degan Mirziyoyev.

Qolaversa, davlat rahbari jamoa futbolchilarini butun bir mamlakat qo‘llab-quvvatlashi va ekran orqali tomosha qilishini bildirgan.

“Mundialdagi barcha o‘yinlaringizda fan-klublar a’zolari, minglab futbol muxlislari, Amerikadagi vatandoshlarimiz ham stadiondan sizlarni qo‘llab-quvvatlab turadi.

Maydondagi har bir harakatingizni 40 millionga yaqin xalqimiz ekran ortida katta hayajon bilan hayqirib kuzatadi, yuraklarni junbishga keltiradigan hissiyot oladi.

Yodingizda bo‘lsin: el-yurtimiz sizlarga ishonadi, Prezident sizlarga ishonadi! Boringlar, mardonavor o‘ynanglar, Vatan sharafini munosib himoya qilinglar! G‘alaba va omad hamisha yor bo‘lsin!” degan Prezident so‘zining yakunida.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev futbol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing