“Inter Mayami” “Siti” yulduzi uchun kurashga qo‘shildi
Sport
−
11 mart 979 1 daqiqa
“Inter Mayami” jamoasi “Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silva uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Lionel Messi to‘p surayotgan MLS klubi 31 yoshli portugaliyalik futbolchini ingliz klubi bilan shartnomasi yakunlangach o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Uning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi shu yozda tugaydi, shu sababli u yangi jamoaga erkin agent sifatida qo‘shilishi mumkin.
“Inter Mayami”dan tashqari, Italiyaning “Yuventus”, Portugaliyaning “Benfika” hamda yana bir qator klublar “shaharliklar” sardoriga qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining vakillari bilan maosh bo‘yicha muzokaralar ham boshlanishi mumkin. Taxminlarga ko‘ra, Silva yangi klubida ham hozirgi shartnomasiga yaqin – yiliga taxminan 7-8 million yevro miqdorida maosh olishni istamoqda.
Ma’lumot uchun, Bernardu Silva 2017 yildan buyon “Manchester Siti” sharafini himoya qilib keladi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali futbolchining bozor qiymatini 27 million yevroga baholamoqda.
Live
Barchasi