“Inter” va “Milan” “San-Siro” bilan xayrlashadi
Sport
−
27 Sentabr 5564 2 daqiqa
Italiya futbol gigantlari “Milan” va “Inter” jamoalari Fo + Partners va Manica firmalari bilan yangi stadion qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda “Sportcal” nashri xabar berdi.
Agar Milan shahar kengashi joriy yilning 29 sentyabr kuni San-Siro tumanidagi yangi stadion qurilish g‘oyasini ma’qullasa, ikki firma stadion loyihasini amalga oshiradi. Klublar to‘siqlar bo‘lishiga ishonmayapti.
“Inter” bayonotida aytilishicha, arena 281 ming kvadrat metr maydonda quriladi. 71 500 tomoshabinga mo‘ljallangan bo‘lib, ikkita katta tribuna orqali “har bir hududdan optimal ko‘rinish” ta’minlanadi. Stadion barcha muxlislar uchun qulay narxlarda zamonaviy sharoitlar yaratishi ko‘zda tutilgan.
Qurilish kompaniyasining loyihalari orasida Xanchjou (Xitoy)dagi CITIC shtab-kvartirasi, Londondagi “Shveysariya minorasi” va “Uembli” stadioni majmuasi bor. Yangi stadion loyihasining umumiy qiymati 1 milliard dollardan oshishi kutilmoqda.
Ma’dumot uchun, “Milan” va “Inter” 1947 yildan beri “San-Siro” stadionini birgalikda ishlatib keladi. Stadion shaharga tegishli bo‘lib, klublar ijarachi hisoblanadi. 2025 yil sentyabrda Milan meri Juzeppe Sala stadionni klublarga sotish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qilgandi.
OAVga ko‘ra, yangi stadion 2031 yilgacha foydalanishga topshirilishi reja qilingan. Aks holda, UEFA Milanni Yevro-2032 mezbon shahar sifatida ko‘rib chiqmaydi. Italiya va Turkiya Yevro-2032 musobaqasini birgalikda o‘tkazadi va har ikkala mamlakat beshtadan stadion taqdim etishi kerak.
1990 yildan beri “San-Siro”da yirik ta’mir ishlari qilinmagan. 2021 yilda klublar yangi stadion loyihasini taqdim etgan, ammo mahalliy aholi noroziligi sababli loyiha to‘xtagan. 2023 yilda esa “San-Siro” madaniy meros ob’ekti sifatida tan olingan va qonun bo‘yicha buzilmasligi belgilangangan.