O‘zimni ayamay qonunbuzarlarga chora ko‘raman – ekolog

Intervyu

Kecha, 25 noyabr kuni Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida sodir bo‘lgan hodisadan ko‘pchilik xabardor. Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi inspektori Ahrorjon Niyozov tumanda daraxt kesilishiga qarshi qonuniy vazifasini bajarishga harakat qilgan, biroq tuman hokimi o‘rinbosari Saidali Xizirov uning yoqasidan tortib, kuch ishlatib, organ xodimlari yordamida tuman voqea joyidan olib ketgan. 

Holat tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgach, hokim o‘rinbosari ishdan olindi va unga nishbatan jinoyat ishi ochildi. Ekologiya muammosi kun tartibida turgan hozirgi vaziyatda bunday holat sodir bo‘lishi ayniqsa achinarli. 

Bugun ushbu hodisada bevosita ishtirok etgan ekolog Ahrorjon Niyozov bilan yaqindan tanishamiz va uning fikrlarini eshitamiz. 

Intervyuda Ahrorjon Niyozov nima sababdan ekolog bo‘lib ishlayotgani, noyabr oyida qabul qilingan Prezident farmoni va qarori va ularning natijasida sohada kutilayotgan o‘zgarishlar, daraxt kesilishi bilan bog‘liq holat qanday sodir bo‘lgani haqida gapiradi. 

Intervyuni to‘liq shaklda yuqoridagi videopleyerda yoki QALAMPIR.UZ’ning YouTube-kanalida tomosha qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona daraxt Ekologiya Buvayda Saidali Xizirov Ahrorjon Niyozov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing