Iroqqa ISHIDning 2 mingdan ortiq jangchisi olib kelindi
Olam
−
11:49 5304 1 daqiqa
Iroqqa Suriyadan 2250 nafar Iroq va Shom islom davlati (ISHID) jangarisi olib kelindi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 7 fevral kuni Iroq maxsus harbiy qo‘mondonligi boshlig‘i general-leytenant Saad Maan Suriyadan Iroqqa 2250 nafar ISHID a’zosi ko‘chirilganini e’lon qilgan. Bu jarayon terrorchilik tahdidiga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro koalitsiya bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.
Saad Maan so‘zlariga ko‘ra, ular quruqlik va havo orqali olib kelingan. U shuningdek, hukumat va xavfsizlik kuchlarining nafaqat Iroqda, balki butun dunyoda tahdidning oldini olish uchun shuncha odam bilan kurashishga tayyorligini aytgan.
Maxsus guruhlar allaqachon tergovni boshlagan va hozirda shaxslarni xavf darajasiga qarab ajratishmoqda va ularning iqrorlari ham bevosita sud nazorati ostida qayd etilishi aytilgan.
Tashqi ishlar vazirligi qolgan jangchilarning fuqaroligi bo‘yicha bir nechta davlatlar bilan doimiy aloqada ekanini bildirgan. Ularni o‘z vataniga o‘tkazish jarayoni qonuniy talablar bajarilishi bilan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyaning shimoli-sharqidagi Esh-Shaddada shahrida ISHID terroristik guruhiga mansub taxminan 1,5 ming nafar askar qamoqxonadan qochib ketgani haqida xabar berilgandi.
Javohir Aliqulov
Live
Barchasi