Ispaniyada qora mushuk boqish vaqtincha taqiqlandi

Olam

image

Ispaniyaning shimoli-sharqiy Kataloniya mintaqasidagi Terrassa shahri Halloween bayrami arafasida shahar aholisiga qora mushuk boqib olishni taqiqladi. Bu haqda BBC  xabar berdi.

Hayvonlarni muhofaza qilish xizmati bergan bayonotga ko‘ra, joriy yilning 6 oktyabridan 10 noyabrigacha qora mushuklarni boqib olish yoki vasiylikka olish bo‘yicha barcha so‘rovlar rad etiladi, chunki odamlar ularni jarohatlashi yoki bayramda dekorativ vosita sifatida foydalanishi mumkin.

Shahar hokimining o‘rinbosari Noel Duquening aytishicha Helloween bayrami oldidan qora mushuklarga bo‘lgan talab odatdagidan ortadi.

Terrassa shahar kengashi qora mushuklarga nisbatan shafqatsizlik holatlari shaharda qayd etilmaganini bildirgan bo‘lsa-da, boshqa hududlarda bunday holatlar yuz bergani va hayvonlarni himoya qiluvchi guruhlar tomonidan ogohlantirishlar berilgani sababli bu qarorni qabul qilganini aytgan.

“Odamlar mushuklarni faqat urf bo‘lgani uchun yoki hissiyotga berilib boqib olishining oldini olishga harakat qilamiz. Bu kabi holatlarda, ya’ni hayvonlarga shafqatsizlik qilinganda biz buni olish uchun choralarni ko‘ramiz”, deydi shahar hokimining o‘rinbosari.

Shahar kengashi bu chorani vaqtinchalik qoida ekanligini ta’kidlab, yangi qoidalar hayvonlarni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shimcha ehtiyot chorasi ekanini qo‘shimcha qilgan. Shu bilan birga, kelajakda bunday taqiq yana joriy qilinishi mumkinligini inkor etmagan.

“Taqiqlar davomida faqat alohida ko‘rib chiqiladigan istisno holatlarga ruxsat beriladi va Helloween bayramidan keyin boqib olish bo‘yicha odatiy jarayonlar davom ettiriladi”, deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniyada dunyodagi eng keksa mushuk Rozi 33 yoshida vafot etgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

mushuk Ispaniya Halloween

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing