Isroil G‘azoga yordam olib ketayotgan 170 dan ortiq faolni qo‘lga oldi (video)

Olam

image

Isroil armiyasi G‘azoga gumanitar yordam yetkazishni maqsad qilgan “Global Sumud” flotiliyasiga hujum uyushtirib, 170 nafardan ortiq faolni qo‘lga oldi. Bu haqda TRT xabar qildi.

Qayd etilishicha, qo‘lga olinganlar orasida 20 nafar Turkiya fuqarolari ham bor. Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Krit oroli yaqinidagi xalqaro suvlarda sodir bo‘lgan. Flot tarkibida 39 davlatdan jami 345 nafar ishtirokchi bo‘lgan. 

Hujum davomida 21 ta kema ushlab qolingan, ayrim kemalar esa Gretsiya hududiy suvlariga kirishga muvaffaq bo‘lgan.

Mazkur flot joriy yilning 12 aprel kuni Ispaniyaning Barselona shahridan yo‘lga chiqqan bo‘lib, uning asosiy maqsadi G‘azo sektoriga insonparvarlik yordamini yetkazishdan iborat edi. Hozircha qo‘lga olingan faollarning holati haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Ma’lumot o‘rnida, kecha, 29 aprel kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azo sektoriga yo‘l olgan va Isroil blokadasini yorib o‘tib, gumanitar yordam yetkazishni maqsad qilgan “Global Sumud” flotiliyasi bo‘yicha xavfsizlik yig‘ilishini o‘tkazgan. Unda Netanyaxu yuqori darajadagi xavfsizlik rasmiylari bilan uchrashgani aytilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil harbiy-dengiz kuchlari G‘azoga gumanitar yordam yetkazish uchun yo‘lga chiqqan yordam flotiliyasini to‘xtatgandi. Shundan so‘ng, Isroil G‘azoga yordam olib ketayotgan taxminan 40 ta kemadan iborat flotiliyani to‘xtatib, 450 dan ortiq xorijlik faolni, jumladan shved iqlim himoyachisi Greta Tunbergni ham qo‘lga olganidan so‘ng xalqaro tanqid va noroziliklarga duch kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

G'azo Global Sumud flotiliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing