Isroil Rafah chegara punktidan bemorlarni o‘tkazishni to‘xtatdi

Olam

image

Falastin Qizil Yarim Oy jamiyati Isroil Rafah chegara punkti orqali falastinlik bemorlar va yaradorlarni evakuatsiya qilishni to‘xtatganini ma’lum qildi. Bu haqda tashkilot vakili Raed al-Nims “Al Jazeera” muxbiriga bergan intervyusida ma’lum qildi.  

Uning aytishicha, Isroil bugun, 4 fevral kuni ertalab bu qaror haqida xabar bergan. Kelishuvga ko‘ra, bemorlar dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, so‘ng tez yordam mashinalarida Rafah chegara o‘tish joyi orqali Misr yoki boshqa davlatlardagi shifoxonalarga yuborilishi kerak edi. Biroq, evakuatsiya jarayoni bekor qilingan.

Qayd etilishicha, joriy yilning 2 fevra kuni atigi 5 nafar, 3 fevra kuni esa 16 nafar bemor G‘azoni tark eta olgan. Bu Isroil tomonidan e’lon qilingan kunlik 50 kishilik limitdan ancha kam.

Rafah ikki yillik tanaffusdan so‘ng qisman qayta ochilgan bo‘lsa-da, odamlarning kirib-chiqishi qat’iy cheklovlar ostida amalga oshirilgan. Faqat urush paytida G‘azoni tark etgan va Isroil xavfsizlik tekshiruvlaridan o‘tgan falastinliklargina qaytishga ruxsat olgan.

G‘azo sog‘liqni saqlash rasmiylariga ko‘ra, hozirda 18 mingdan ortiq falastinlik bemor tibbiy evakuatsiyani kutmoqda, ularning aksariyati og‘ir ahvolda.

Cheklovlar Isroilning G‘azo bo‘ylab hujumlari kuchaygan bir vaqtda joriy etildi. So‘nggi zarbalar oqibatida kamida 10 nafar falastinlik, jumladan, ikki nafar bola halok bo‘lgan. Sulhga qaramay hujumlar davom etmoqda.

Mahalliy manbalar Isroil harbiy harakatlari so‘nggi soatlarda yanada faollashganini, dronlar va artilleriya hujumlari ko‘payganini bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘azoning tashqi dunyoga chiqish darvozasi hisoblangan Rafah chegara punkti ikki yillik tanaffusdan so‘ng qisman qayta ochilgani haqida xabar berilgandi.

Jamshidbek Amirov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Isroil Rafah

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing