Isroildagi o‘zbekistonliklarga mamlakatni tark etish yo‘llari aytildi

Jamiyat

image

Hozirgi xavfsizlik vaziyati munosabati bilan Isroilni mustaqil ravishda tark etish istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari bir nechta nazorat-o‘tkazish punktlari orqali mamlakatni tark etishi mumkin. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ma’lumot berdi.

Xususan, ushbu nazorat-o‘tkazish punktlari orqali mamlakatdan chiqib ketishi mumkin:

  • “Menaxem Begin” / “Taba” – Isroil-Misr chegarasida joylashgan (Isroilning Eylat va Misrning Taba shaharlari o‘rtasida);
  • “Shayx Xusayn” – Isroil-Iordaniya shimoliy chegarasida joylashgan (Isroilning Bayt-Shean va Iordaniyaning Irbit shaharlari o‘rtasida);
  • “Isxak Rabin” / “Vadi Arava” – Isroil-Iordaniya janubiy chegarasida joylashgan (Isroilning Eylat va Iordaniyaning Akaba shaharlari o‘rtasida).

Barcha ko‘rsatilgan chegara punktlari hozirda odatiy tartibda (24 soat) faoliyat ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston fuqarolari “Menaxem Begin” / “Taba” nazorat-o‘tkazish punktni kesib o‘tib, Misrga vizasiz (“Sinay kirish muhri” orqali) kira oladi. “Sinay kirish muhri” – 14 kungacha faqat Sinay yarim oroli hududida bo‘lish huquqini beradi (Qohira va boshqa shaharlarga safar qilish mumkin emas).

  • 21 yoshga to‘lmagan fuqarolarga ota yoki onalaridan biri hamrohlik qilishi shart.
  • “Taba”dan Sharm ash-Shayxgacha (270 km) avtobus yoki avtomobillarda harakatlanish imkoniyati mavjud. 

Aviaqatnovlar (Sharm ash-Shayx aeroportidan):

  • UzAirways: haftasiga 3 marta (seshanba, chorshanba, shanba, soat 12:35) Toshkentga;
  • Turkish Airlines: har kuni 1 yoki 2 marta Istanbulga (Istanbul xalqaro aeroportiga. Toshkentga tranzit);
  • Pegasus Airlines: har kuni 1 yoki 2 marta Istanbulga (Sabiha Go‘kche aeroportiga. Toshkentga tranzit).

Iordaniya orqali:

“Shayx Xusayn” (Bayt-Shean shahri) yoki “Isxak Rabin” / “Vadi Arava” (Eylat shahri) nazorat-o‘tkazish punkti orqali Iordaniya poytaxtigacha borib, keyin quyidagi aviayo‘nalishlardan foydalanish mumkin:

  • “Ummon – Istanbul – Toshkent”;
  • “Ummon – Dubay – Toshkent”.

Eslatma: Iordaniyaga kirish uchun mamlakat IIV sayti orqali viza olish zarur: 

  • https://www.moi.gov.jo
  • https://moi.gov.jo/EN/Pages/Visa_E_Applications
  • https://www.eservices.moi.gov.jo.

Zarur hollarda O‘zbekiston elchixonalarining favqulodda telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin:

  • Misrda (+202 333-617-23; +20 128 666-1441, eg.uzembassy@mfa.uz);
  • Saudiya Arabistonida, o‘rindoshlik asosida Iordaniyada (+966 11 263-5223, +966 56 721-7731, uzbembriyadh@gmail.com);
  • Isroilda (+972 (3) 672-2466, 672-2371, 758-5075, 758-5076, (54) 485-1397, il.uzembassy@mfa.uz).

Isroil hududini tark etayotganda shaxsiy xavfsizlik ehtiyot choralarini ko‘rish va Frontorti buyrug‘i tomonidan berilgan ko‘rsatmalarga qat’iy amal qilish so‘raladi.

Qayd etish joiz, oldinroq Eron va Isroil o‘rtasidagi urush tobora avj olib borayotgani bois Isroildagi o‘zbekistonliklarga xavfsizlik masalalari bo‘yicha Frontorti buyrug‘i tomonidan maxsus ogohlantirishlar berilishi xabar qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov 16 iyun holatiga ko‘ra, 30 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi Eron hududidan Turkmaniston va Ozarbayjon orqali muvaffaqiyatli evakuatsiya qilinganini bildirgan edi.

Keyinroq esa O‘zbekiston va yana 16 davlatdan bo‘lgan 600 nafar fuqaro Eron hududidan Ozarbayjon orqali olib chiqilgani xabar qilindi. Xususan, MDH davlatlaridan Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari evakuatsiya qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

evakuatsiya Eron-Isroil nazorat-o'tkazish punkti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing