Issiq dush kallikka olib kelishi mumkin – tadqiqot
Bu qiziq
−
22 Oktabr 2777 2 daqiqa
Haddan tashqari issiq dush qabul qilish sochlarning vaqtincha yoki progressiv to‘kilishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda britaniyalik trixolog va soch ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha mutaxassis doktor Vajid Ali Anvar ma’lum qildi.
Mutaxassisning aytishicha, haddan tashqari issiq suv bosh terisini quritib, uning tabiiy himoya qatlamini yo‘q qiladi hamda sochni mo‘rtlashtiradi. Shuningdek, juda issiq dush bosh terisini yallig‘lantirishi, yog‘ qatlamini olib tashlashi va soch tolasini qo‘pol holga keltirishi mumkin. Oqibatda soch tolalari suvsizlanib, sinishi va vaqtincha to‘kilishi kuzatiladi. Bemorlar bu holatni ko‘pincha: "Kutilmaganda kallik paydo bo‘ldi", deb tavsiflaydilar.
Ali Anvarning bildirishicha, soch to‘kilishiga moyil bo‘lgan odamlar uchun yuqori haroratli suv ta’siri bu muammoni yanada kuchaytirishi ehtimoldan xoli emas. Doktor Anvar 37-39 daraja oralig‘idagi suv bilan iliq dush qabul qilishni tavsiya qiladi. Suv haroratini bilakning ichki qismiga tekkizib tekshirish mumkin, agar kuydirish hissi sezilsa, suv bosh terisi uchun haddan tashqari issiq hisoblanadi. Shu bilan birga, shifokor dushni taxminan besh daqiqa bilan cheklashni maslahat beradi. Bunday qisqa dush yotishdan avval ter, kir va mahsulot qoldiqlarini yuvib tashlashga yordam beradi hamda soch follikulalarining tirnash xususiyatini kamaytiradi. Agar ertalab mashq qilinsa, salqinroq suvdan foydalanish va bosh terisini qattiq ishqalashdan saqlanish lozim.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “BMJ Evidence-Based Medicine” jurnalida spirtli ichimliklarni istalgan miqdorda iste’mol qilish demensiya (aqliy zaiflik) xavfini oshirishi haqida tadqiqot e’lon qilingandi.
Mohichehra Qadamova
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr