“Istanbul Bashakshehir” saralashda muvaffaqiyatsizlikka uchradi

Sport

image

Kecha, 28 avgust kuni Konferensiyalar ligasi saralash bosqichining hal qiluvchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” va Ruminiyaning “Universitatya Krayova” jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi.  Uchrashuvda 3-1 hisobida ruminiyaliklar foydasiga hal bo‘ldi. Natijada mag‘lubiyatga uchragan istanbulliklar turnir guruh bosqichi yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi.

Bahsda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Eldor Shomurodov to‘liq, 90 daqiqa o‘ynagan bo‘lsa, Abbosbek Fayzullayev 63-daqiqada o‘yinga qo‘shildi. Sofascore ushbu bahsda harakat qilgan Eldor Shomurodovning harakatlariga 6,1 baho qo‘ydi. Fayzullayev esa 6,7 bahoga loyiq ko‘rilgan.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomuradov va Abbosbek Fayzullayev ham Temur Kapadzening “CAFA Nations Cup-2025” turniri uchun kengaytirilgan qaydnomasiga kiritilgan. Legionerlar joriy yilning 31 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan “Eyupspor” jamoasiga qarshi o‘yindan so‘ng terma jamoa ixtiyoriga kelib qo‘shiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov Abbosbek Fayzullaev Istanbul Bashakshehir Universitatya Krayova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing