O‘zbekiston Urugvayga qarshi o‘yin oldidan jiddiy yo‘qotishga uchradi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev jarohati tufayli joriy yilning 13 oktyabr kuni Urugvay milliy terma jamoasiga qarshi bo‘ladigan o‘yinda qatnasha olmaydi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 9 oktyabr kuni Quvaytga qarshi o‘yinda jarohat olib, maydonni tark etgan Abbosbek Fayzullayev chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Shundan so‘ng, shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra, uning Urugvayga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, kecha, 9 oktyabr kuni O‘zbekiston Toshkentdagi “Olimiya” stadionida Quvayt bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvda Eldor Shomurodov va Hojimat Erkinov gol urib, “oq bo‘rilar”ning 2:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi. Navbatdagi o‘rtoqlik o‘yini 13 oktyabr kuni Malayziyada Urugvay milliy terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston milliy terma jamoasi Abbosbek Fayzullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing