Istanbulda o‘zbekistonlik ayol so‘yib ketildi (video)
3-sahifa
−
22 Sentabr 21184 1 daqiqa
Turkiyaning o‘zbekistonliklar eng ko‘p istiqomat qiladigan megapolislaridan biri Istanbulning Fotih tumanida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 36 yashar Zulayho E. bo‘g‘zidan pichoqlanib, o‘ldirib ketildi. Bu haqda Turkiya mahalliy ommaviy axborot vositalari bong urmoqda.
Ayol Oqsaroy mahallasidagi ijara uyida bo‘g‘zidan pichoqlangan holda topilgan. Uning do‘stlari Zulayho bilan bir necha kun davomida bog‘lana olmagach, bu haqda uy egasiga xabar berishgan. Uy egasi va ayolning dugonasi undan xabar olish maqsadida xonadonga kelgan va eshikni chilangar yordamida ochishgan.
Uy ichida esa Zulayhoning bo‘g‘zidan pichoqlangan holda jonsiz yotganini ko‘rishgan. Shundan so‘ng zudlik bilan politsiyaga xabar berilgan. Voqea joyiga tergov guruhi va tez tibbiy yordam yetib kelgan. Shifokorlar ayol allaqachon vafot etganini aniqlagan. Jasad Sud tibbiyot instituti o‘likxonasiga olib ketilgan.
Voqea yuzasidan qotillik gumoni asosida surishtiruv ishlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 avgust kuni Turkiyaning Umraniya tumanida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 35 yoshli N.S. rashk sababli eri tomonidan ko‘chada pichoqlab o‘ldirilgan edi.
Live
Barchasi