Qamchibek Tashiyevga davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi qo‘yildi

Olam

image

Qirg‘izistonda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq rahbari Qamchibek Tashiyev, sobiq deputat Qurmankul Zulushev va Jogorku Keneshning sobiq spikeri Nurlanbek Shakiyevlarga davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi rasman e’lon qilindi. Bu haqda advokat Sherdor Abdikapparov ma’lum qildi.

Advokatning aytishicha, uchchala shaxsga ham ilgari ushbu ish bo‘yicha boshqa figurantlarga qo‘yilgan ayblov moddalari o‘qib eshittirilgan.

Gap ommaviy tartibsizliklarni tashkil etish hamda tergov tomonidan davlat to‘ntarishiga urinish sifatida baholanayotgan harakatlar bilan bog‘liq og‘ir jinoyatlar haqida bormoqda.

Ma’lum qilinishicha, Tashiyev “Hokimiyatni zo‘rlik bilan egallash yoki ushlab turish, shuningdek, konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishga qaratilgan harakatlar” va “Mansab vakolatini suiiste’mol qilish” moddalari bilan ham ayblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Jogorku Keneshi deputati Elvira Surabaldiyeva Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) sobiq rahbari Qamchibek Tashiyev davlat to‘ntarishiga urinish tashkil etgani uchun lavozimidan ozod etilganini ma’lum qilgandi.

Mamlakat Prezidenti Sadir Japarov ham Jogorku Keneshda siyosiy fitna qilishga uringan ma’lum bir guruh shakllanganin aytgandi. Unga ko‘ra, reja amalga oshmagach, ushbu jarayonga aloqador ayrim deputatlar o‘z ayblarini anglagan bo‘lishi mumkin va shu sababli mandatlarini topshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

davlat to'ntarishi Qamchibek Tashiev ayblov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing