“Qamchiq”da yuk mashinasi yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 2 iyul kuni “Qamchiq” dovonida Iveco yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 20:55 da “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in qutqaruv boshqarmasiga dovondan o‘tgan A-373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan Iveco rusumli yuk mashinasida yong‘in bo‘lgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 20:57 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 21:00 da to‘liq bartaraf etilgan.

FVV xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yangihayot tumanida elektromobilda yong‘in sodir bo‘lgandi. Oqibatda 1 kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

FVV Qamchiq yuk mashinasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing