Qamoqdan ozod etilganlarga bir martalik nafaqa berish tartibi belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, ushbu nizom jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi. 

Nafaqa tayinlash uchun murojaat qilish, murojaatlarni ko‘rib chiqish va nafaqalarni tayinlash “E-probatsiya” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Ariza beruvchi jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan kundan boshlab 1 oy ichida tuman (shahar) probatsiya bo‘limlariga (vakolatli organ)  shaxsan murojaat qiladi.

Vakolatli organ 1 ish kunida ariza beruvchini nafaqa tayinlangani va nafaqani olish uchun murojaat qilinishi lozim bo‘lgan tijorat banki to‘g‘risida xabardor qiladi.

Nafaqa oluvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar yoki jazoni o‘tab bo‘lganlik yoxud jazodan ozod qilinganlik haqidagi ma’lumotnoma asosida 1 oy muddatda tijorat bankining istalgan filialiga murojaat qilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, ushbu nafaqa miqdori BHMning 6 baravarini (2 mln 250 ming so‘m) tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

nafaqa O'zbekiston Adliya vazirligi Qamoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing