O‘zbekistonda oltin narxi keskin pasaydi
Jamiyat
−
02 fevral 6232 1 daqiqa
O‘zbekistonda oltin quymalarining narxi keskin pasaydi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Bugun, 2 fevral holatiga ko‘ra, 5 grammli oltin quyma narxi 9 mln 867 ming so‘mni tashkil etgan. 1 gramm oltin narxi esa 1 mln 973 ming 400 so‘mga baholangan.
Quymalarning sotuv narxlari quyidagicha:
- 5 gramm – 9 867 000 so‘m;
- 10 gramm – 19 735 000 so‘m;
- 20 gramm – 39 469 000 so‘m;
- 50 gramm – 98 674 000 so‘m;
- 100 gramm – 197 347 000 so‘m.

Qayd etish joiz, joriy yilning 30 yanvar kuni 1 gramm oltinning narxi 2 mln 157 ming so‘mni tashkil etgandi. Bugungi e’lon qilingan narxlar bilan taqqoslaganda, 1 gramm oltin 183 ming 600 so‘mga arzonlagan.
Aliqulov Javohir