Qarshidagi kafega o‘t ketdi (video)
3-sahifa
−
09 noyabr 12528 1 daqiqa
Bugun, 9 noyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi kafeda yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, soat 08:02 da Qarshi shahrining “Cho‘lquvar” MFY Islom Karimov ko‘chasida joylashgan tekstil ishlab chiqarish sexi hududidagi kafeda yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta maxsus texnika soat 08:06 da hodisa joyiga yetib borib, hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
FVBga ko‘ra, yong‘in qoibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi ishlab chiqarish sexlaridan birida yong‘in sodir bo‘lgandi.