Qashqadaryo va Andijonda psixotrop modda sotganlar ushlandi
3-sahifa
−
12:17 887 2 daqiqa
Qashqadaryo va Andijonda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qarshi shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro Z.Q. 2 ta yelim paketga solingan sariq va qizil rangli 29 dona kapsula hamda 60 dona “Gabaten” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini fuqaroga 500 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Andijon viloyatining Ulug‘nor tuman bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.A. fuqaro M.X.ga xorijda ishlab chiqarilgan 4 dona “Regapen” hamda 1 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 670 ming so‘mga sotayotganida ushlanib, undan dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Toshkent tumanida 40 mln so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlangandi.
Live
Barchasi