Qashqadaryoda baliq ovlab, tabiatga 12 mlrd zarar yetkazganlar ushlandi
3-sahifa
−
06 may 3479 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida 400 dan ortiq baliq ovlagan shaxs tabiatga 12 milliard so‘mdan ko‘proq zarar yetkazdi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi Shahrisabz tuman bo‘limi hamda tuman IIB xodimlari “Hisor” MFY Qoratut qishlog‘ida yashovchi fuqaro Tanxoz daryosidan 412 dona O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Amudaryo gul balig‘i (farel) hamda 6 dona oddiy qorabaliq ovlaganligini aniqlagan.
Ushbu huquqbuzarlik oqibatida tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 12 milliard 749 million 340 ming so‘mni tashkil etgan. Hujjatlar tegishli chora ko‘rilishini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyati prokuraturasiga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yiling 11 martdan 31 maygacha Amudaryo va Sirdaryoda, 26 apreldan 10 iyungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi tabiiy suv havzalarida hamda boshqa barcha tabiiy suv havzalarida 16 apreldan 31 maygacha baliq ovlash taqiqlangan. Chunki bu davr baliqlarning ko‘payish davri bo‘lib, ularni ovlash baliqlarning soni keskin kamayib, ayrim turlari yo‘qolib ketishiga sabab bo‘ladi.
Live
Barchasi