Qirg‘izistonda manzil-koloniyalar tugatiladi

Olam

image

Qirg‘izistondagi 10 dan ortiq barcha manzil-koloniyalar tugatiladi. Bu haqda kecha, 19 avgust kuni Qirg‘iziston Respublikasi Adliya vaziri Ayaz Bayetov davlat tizimini byurokratiyadan xoli qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralar haqidagi brifingda so‘z ochdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jazoni ijro etish muassasalari – qamoqxonalar, yana manzil-koloniyalar ham bor. U yerga mahkumlar ro‘yxat va nazoratdan o‘tishi uchun boradi.

“Biroq bu shunga olib keldiki, odamlar manzil-koloniyalarga kelib ro‘yxatdan o‘tishni to‘xtatib qo‘yishdi. Keyin biz probatsiya tizimini joriy qildik va natijada ikki tizim bir-birini takrorlay boshladi. Shuningdek, kadrlar yetishmasligi ham bor edi. Endi bu manzil-koloniyalar tugatiladi va hamma probatsiya tizimiga o‘tadi”, deydi u.

Amaldorning qayd etishicha, dastlab beshta koloniya-posyolka tugatiladi, so‘ngra yana beshtasi.

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov joriy yilning 4 avgust kuni bu bo‘yicha tegishli farmonni imzolagan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston manzil-koloniya Ayaz Baetov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing