Qizlarni Dubayga fohishalikka jo‘natayotgan ayol ushlandi
3-sahifa
−
27 aprel 5956 1 daqiqa
Toshkent xalqaro aeroportida 24 yoshli ayol aldov yo‘li bilan bir fuqaroni Dubayga olib ketayotgan vaqtda to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat havfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Davlat havfsizlik xizmati Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Aytilishicha, ushbu ayol poytaxt hududida qizlarni xorijiy davlatlarga jinsiy ekspluatatsiya qilish uchun yuborish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh vakili hisoblangan.
Habarga ko‘ra, 2002 yilda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida tug‘ilgan ayol 4 nafar qizlarni aldov yo‘li bilan yollagan. Shundan so‘ng ulardan birini o‘zi bilan birga Dubay shahriga olib ketayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan to‘xtatib qolingan.
Holat yuzasidan ushbu ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 2-qismi “z” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek ayolga “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, amaldagi qonunchilikka muvofiq, bu turdagi jinoyatlar uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent xalqaro aeroportida 26 yoshli qizni Turkiyaga fohishalikka olib ketayotgan ayol qo‘lga tushgandi.
Shahzoda Shukurullayeva
Live
Barchasi