Qozog‘istonlik yigit Dubayda umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Olam

image

Qozog‘istonlik 22 yoshli yigit BAAda umrbod ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 2026 yil 18 mart kuni Dubayning birinchi instansiya sudi Qozog‘iston fuqarosini bir qator og‘ir jinoyatlarda aybdor deb topib, uni umrbod qamoq jazosiga hamda jarima to‘lashga hukm chiqargan.

Yigitning yaqinlari uning 2024 yilda ishlash uchun BAAga ketgani va u yerda haydovchi bo‘lib ishlaganini aytgan. Qarindoshlari uning aybiga ishonmasliklarini, u tuhmat qurboni bo‘lgani mumkinligini bildirgan.

Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alibek Bakayev yigitni ekstraditsiya qilish masalasi hozircha muhokama qilinmayotganini ma’lum qilgan.

“Bu Dubay shahrining birinchi instansiya sudining qarori. Apellyatsiya shikoyati berilgan, tegishli tartiblar mavjud. Shu sababli, hozircha ekstraditsiya haqida gap yo‘q. Avvalo butun sud jarayoni yakunlanishi kerak. Shundan keyingina qaror qabul qilinadi”, degan Bakayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, masala Birlashgan Arab Amirliklari qonunchiligiga muvofiq hal etiladi. Hozir bu ish bilan advokatlar va Qozog‘istonning bosh konsulligi shug‘ullanmoqda.

“Hozirda javob kutilmoqda. Dubaydagi Qozog‘iston bosh konsulligi o‘z vakolatlari doirasida zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatishda davom etmoqda. Ushbu masala vazirlik nazoratida”, degan vaziri o‘rinbosari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tahsil olayotgan 23 yoshli qozog‘istonlik talaba Garri Azaryan Rossiyada terrorizmni oqlashda ayblanib, 8 oy qamalib chiqqandi.


Maqola muallifi

Teglar

Dubay Qozog'istonlik umrbod qamoq yigit

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing