Qoraqalpog‘iston Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 28 aprel kuni Amanjol Tlepovich Ayapov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Joqarg‘i Kengesi xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Amanjol Ayapov tayinlovga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kasbiy ta’lim agentligi direktori lavozimida ishlab kelgan. Uning o‘rniga Bayrambay Sharapatdinovich Ayimbetov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kasbiy ta’lim agentligi direktori lavozimiga tayinlangan.

Bayrambay Ayimbetov tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida mas’ul lavozimda ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Baxitbay Umirbayevich Seytmuratov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vaziri lavozimiga tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Amanjol Ayapov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing