Qoraqalpog‘istonda maxsus mayning zona tashkil etiladi
Jamiyat
−
20 aprel 2960 2 daqiqa
Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi tashkil etiladi. Bu haqda Prezidentning joriy yil 17 aprel kuni qabul qilingan “Qoraqalpog‘iston Respublikasida maxsus mayning zonasini tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.
Qarorga ko‘ra, “Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi tashkil etiladi. Maxsus zonaning hududi Qoraqalpog‘iston Respublikasining butun hududi hisoblanadi.
Maxsus zona doirasida quyidagilarga ruxsat beriladi:
- mayningni amalga oshirish uchun yagona elektr energetika tizimi va barcha turdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalar, shuningdek, vodorod elektr stansiyasida ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalanishga;
- mayning natijasida olingan kripto-aktivlar belgilangan tartibda milliy kripto-birjalar yoki xorijiy platformalar orqali, shu jumladan, to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida sotilishiga va (yoki) ularni boshqa likvidli kripto-aktivlarga ayirboshlashga va boshqalar.
Shuningdek, “Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi direksiyasi” tashkil etiladi. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish bo‘yicha ishchi organ etib belgilangan.
Talabgorlar (yuridik shaxslar) maxsus zona rezidentligini va mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish to‘g‘risida ariza bilan Direksiyaga murojaat qiladi.
2035 yil 1 yanvarga qadar rezidentlarning mayning faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq operatsiyalardan olingan daromadlari soliqlar va yig‘imlardan ozod qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda endilikda kripto-aktivlardan to‘lov vositasi sifatida foydalanishga ruxsat berilishi haqida xabar qilingan edi.
Live
Barchasi