Qoraqalpog‘iston va Jizzaxda hokimiyat vakillari pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumani va Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida hokimlik vakillari pora bilan ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Zarbdor tumani hokimligi bosh mutaxassisi o‘z xizmat mavqeini suiiste’mol qilib, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadoniga tutash bo‘lgan, davlat zaxirasidagi 4 sotix yer maydonini kadastr tizimidagi tanishlari orqali auksion savdoda yutib berishni va’da qilgan va uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 20 mln so‘m olgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘tkazilgan tezkor tadbirda Xo‘jayli tumani hokimligi bosh mutaxassisi hamda tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi o‘zaro til biriktirgani aniqlangan. Qayd etilishicha, mahalliy fermer xo‘jalik rahbari noqonuniy ravishda 250 mln so‘mga sotishni rejalashtirgan 41,6 gektar yer maydonini davlat zaxirasiga qaytarmasdan va auksion savdolariga chiqarmasdan xorazmlik tadbirkor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 3 ming AQSH dollari olgan paytda ushlangan.

Hozirda har ikki holat bo‘yicha qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi kichik inspektori 1500 dollar pora olayotganda qo‘lga tushgandi.


Maqola muallifi

Teglar

pora firibgarlik Qoraqalpog'iston Respublikasi Jizzax

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing