Qorako‘lda 20 nafar abituriyent zaharlandi

3-sahifa

image

Kecha, 11 yanvar kuni Qorako‘l tumanidagi o‘quv markazida tahsil olayotgan abituriyentlardan 20 nafari salomatligi yomonlashgani yuzasidan shifoxonaga murojaat qilgan. Bu haqda Buxoro viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabar berdi.

Boshqarmaga ko‘ra, bemorlar zudlik bilan tuman tibbiyot birlashmasiga olib ketilgan.

Viloyat hokimining tezkor topshirig‘iga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Elyor Oltiyev ishtirokida ishchi guruh tuzilib, hodisa joyiga yetib borilgan. Barcha bemorlar Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli standartlari asosida laborator va instrumental tekshiruvlardan o‘tkazilgan.

Ko‘rilgan tibbiy chora-tadbirlar natijasida barcha 20 nafar bemorning ahvoli yaxshilangan va ular ambulator davolanish uchun uyiga javob berilgan. Har bir bemorga hududiy oilaviy shifokor va patronaj hamshirasi biriktirilgan.

“Ayni paytda barchasining ahvoli qoniqarli, shikoyatlari mavjud emas”, deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, bemorlardan tegishli qon namunalari olinib, belgilangan tartibda ekspertizaga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatining Forish tumanida joylashgan 4 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida 30 dan ortiq bolalar ommaviy ravishda ovqatdan zaharlangandi.

 

 


Maqola muallifi

Teglar

abiturient Qorako'l

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing