Bu yil OTMlarda kontrakt qimmatlamaydimi?
Jamiyat
−
18 avgust 7885 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda bu yil O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalarida kontrakt narxi oshirilmasligi haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot kotibi Nazokat Abduqunduzova bilan bog‘landi.
Uning ma’lum qilishicha, 2025/2026-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarida kontrakt miqdori oshirilishi to‘g‘risida hech qanday qaror chiqmagan. Tabiiyki, bu kontrakt oshirilmasligini anglatadi.
Qayd etish joiz, oldinroq 2025-2026 o‘quv yilidan boshlab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida bitta talaba uchun kontrakt narxi 15 foizga oshirilgani xabar qilingandi. Abduqunduzova bunga ham izoh berib, JIDU moliyaviy mustaqil OTM bo‘lgani sababli kontrakt miqdorini mustaqil belgilashini aytdi. O‘zbekistonda esa 40 dan ortiq moliyaviy mustaqil OTM bor.
Shuningdek, hozircha rasman tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, yaqin 1-2 kun ichida abituriyentlarga 6-yo‘nalishni tanlash imkoniyati beriladi. Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorini belgilash vakolati esa tez orada rektorlarga berilishi kutilmoqda. Bu esa “super-kontrakt” miqdorida ham o‘zgarishlar bo‘lishini anglatadi.
Live
Barchasi