Qozog‘iston Starlink internetini qo‘shnilari bilan bo‘lishmoqchi

Olam

image

Qozog‘iston mamlakat hududida joylashtirilgan Starlink sun’iy yo‘ldosh infratuzilmasi orqali qo‘shni davlatlarni internet bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Vlast” xabar berdi.

Sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vaziri Jaslan Madiyevning ma’lum qilishicha, ushbu raqamli infratuzilma Qozog‘istonga mintaqaviy raqamli bog‘liqlikni ta’minlashda yetakchi rolini kuchaytirish imkonini beradi: 

“Starlink Qozog‘iston hududida qurgan gateway-stansiyalar orqali sun’iy yo‘ldosh interneti qo‘shni davlatlarga ham taqdim etiladi. Masalan, Tojikiston uchun trafik joriy yilning o‘zida yo‘lga qo‘yiladi. Keyingi navbatda Mongoliya va Qirg‘iziston turibdi. Transkaspiy optik tolali aloqa liniyasi bo‘yicha esa O‘zbekiston allaqachon oldindan harid shartnomalarni taklif qilmoqda”,  deydi u. 

Shu bilan birga, Madiyevning ma’lum qilishicha, joriy yilda Qozog‘istondagi 1 900 ta qishloq optik tolali internetga ulanadi, kelasi yilda esa bunday qishloqlar ulushi 90 foizdan oshadi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, joriy yil oxirigacha barcha respublika ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari ham ushbu aloqa infratuzilmasi bilan ta’minlanadi. Shuningdek, internet Qozog‘iston temiryo‘llarining (KTJ) asosiy yo‘nalishlaridagi yo‘lovchi tashuvlarida hamda milliy aviakompaniya samolyotlarida ham mavjud bo‘ladi.

O‘tgan yil oktyabr oyida vazir 2027 yilga borib viloyat va respublika ahamiyatidagi 20 shaharda 5G tarmog‘i 60–75 foiz qamrov bilan joriy etilishini ma’lum qilgan. Shu muddatga qadar aholini internet bilan 100 foiz qamrab olish, internet tezligini esa soniyasiga 100 megabitdan oshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, optik aloqa liniyalari qishloq aholi punktlarining 90 foizigacha yetkaziladi.

2023 yilda esa davlat rahbari hukumatga 5G tarmog‘ini barcha viloyat markazlarida 2027 yilgacha emas, balki 2025 yil oxirigacha to‘liq joriy etishni topshirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Starlink internet tarmog‘i Qozog‘istonda ishga tushgani xabar qilingan edi.

E’zoza Olimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qozog'iston internet Starlink

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing