Qozog‘istonda ham Qurbon hayiti qachon nishonlanishi aytildi

Olam

image

Joriy yilda Qozog‘istonda Qurbon hayitining birinchi kuni 27 mayga to‘g‘ri keladi. Bu haqda mamlakat Musulmonlar diniy idorasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 27 mayga to‘g‘ri keladi. Idora hududlar kesimidagi hayit namozi vaqtlarini ham taqdim etgan. Qozog‘istonning aksariyat hududlarida, jumladan, Ostona, Olmaota va Chimkent shaharlarida hayit namozi soat 06:00 da boshlanadi. Bundan tashqari, Oqmola, Olmaota, Jambil, Qarag‘anda, Qizilo‘rda va Turkiston viloyatlaridagi musulmonlar ham namozni soat 06:00 da boshlaydi.

Shuningdek, hayit namozi xuddi shu vaqtda (06:00 da) Shimoliy Qozog‘iston, Qo‘stanay, Sharqiy Qozog‘iston, Abay, Jetisu va Ulitau viloyatlarida ham o‘qiladi.

Biroq Oqto‘be, Atirau, Mang‘istau, G‘arbiy Qozog‘iston va Qarag‘anda viloyatining ayrim hududlarida hayit namozi soat 06:30 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiyada va Qirg‘izistonda Qurbon hayiti qachon nishonlanishi e’lon qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston hayit Qurbon hayiti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing