Qozog‘istonda 54 yillik harorat rekordi yangilandi
Olam
−
15:33 6313 2 daqiqa
Bu yil Qozog‘istonda noyabr oyida ob-havo g‘ayrioddiy darajada iliq bo‘ldi, oyning ikkinchi yarmida hatto harorat rekordlari qayd etildi. Bu haqda xabar beradi “Qazgidromet”ga tayanib, “Nur.kz” xabar berdi.
Sinoptiklarning ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 14 noyabr kuni Aqtobe meteorologiya stansiyasida (Aqtobe viloyati) havo harorati +13,2 darajaga yetib, 2023 yilda qayd etilgan avvalgi rekordni (+10,6 daraja) ortda qoldirgan. 15 noyabr kuni esa shu yerda navbatdagi rekord yangilangan – +11,4 daraja bo‘lib, bu 2001 yilgi ko‘rsatkichdan (+10,0 daraja) yuqori bo‘lgan.
Mamlakatning shimoliy va markaziy hududlarida ham g‘ayrioddiy iliq ob-havo kuzatilgan. Jumladan, 19 noyabr kuni Kokshetau meteorologiya stansiyasida (Aqmola viloyati) +8,3 daraja qayd etilgan, bu 1977 yilgi rekorddan (+8,0 daraja) yuqori. 23 noyabrda havo +5,2 darajagacha isib, 1995 yilgi rekord (+4,4 daraja) yangilangan.
Uch kun ketma-ket – 24-26 noyabr kunlari Jezqazg‘an meteorologiya stansiyasida maksimal harorat bo‘yicha yangi rekordlar o‘rnatilgan: 24 noyabr kuni kunduzgi harorat +13,3 daraja bo‘lib, 2004 yilgi ko‘rsatkichdan (+9,6 daraja) oshgan. 25 noyabrda harorat +10,3 daraja bo‘lib, 2008 yilgi (+8,2 daraja) rekordni ortda qoldirgan. 26 noyabrda esa havo +12,3 darajagacha isib, yana 2008 yilgi rekord (+9,0 daraja) yangilangan.
26 noyabr kuni Qarag‘anda meteorologiya stansiyasida (Qarag‘anda viloyati) +9,4 daraja maksimal harorat qayd etilib, 1971 yilgi rekord (+6,9 daraja)dan yuqori bo‘lgan.
“Ostonada oy davomida o‘rtacha havo harorati +0,3 darajani tashkil etdi, bu me’yordan 5,5 daraja yuqori (me’yor −5,2 daraja). Eng past harorat 4 noyabr kuni −12,3 daraja bo‘lgan. Eng yuqori harorat esa 26 noyabrda qayd etilib, +7,8 darajani tashkil qildi”, deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, Qozog‘istonning ayrim kunlarida yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi kuchli yog‘ingarchilik, tuman, muzlama va kuchli shamollar kuzatilgan. Masalan, 4 noyabr kuni Shuildaq meteorologiya stansiyasida (Turkiston viloyati) 28 millimetrgacha kuchli qor yoqqan, holbuki oylik me’yor 82 millimetrni tashkil etadi.
13-14, 16, 22 va 25 noyabr kunlari Dostiq avtomatik meteorologiya stansiyasida (Jetisu viloyati) shamol tezligi 32-36 metr/soniyagacha yetib, bo‘ron qayd etilgan. 15 noyabr kuni Jambeyti meteorologiya stansiyasida (G‘arbiy Qozog‘iston viloyati) ko‘rish masofasi 50 metrga tushgan, 12 soat davom etgan kuchli tuman kuzatilgan.
20 noyabr kuni Qostanay viloyatida kuchli qor yog‘ib, bu oylik me’yorning yarmiga teng bo‘lgan: Arshali meteorologiya stansiyasida 10 mm (oylik me’yor 20 mm), Tobol meteorologiya stansiyasida esa 11 mm qor yoqqan (oylik me’yor 22 mm).
Live
Barchasi