Qozog‘istonda terrorchilik hujumini rejalashtirgan 5 xorijlik ushlandi (video)
Olam
−
28 Oktabr 2025 5431 1 daqiqa
Qozog‘istonning Olmaota shahrida terrorchilik hujumini tayyorlashda gumon qilingan besh nafar chet el fuqarosi hibsga olindi. Bu haqda mamlakat Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ular terrorchilik hujumini uyushtirmoqchi bo‘lgan va alohida reja tuzib chiqqan. Hodisa sentyabr oyida tayyorgarlik bosqichida fosh etilgan. Gumonlanuvchilar hibsga olingan, tergov ishlari olib borilmoqda.
“Shuningdek, sentyabr va oktyabr oylarida terrorizmni targ‘ib qilishda gumon qilingan sakkiz nafar Qozog‘iston fuqarosi jinoiy ishlar doirasida hibsga olindi. Tergov jarayoniga oid ma’lumotlar oshkor etilmaydi”, deyiladi rasmiy xabarda.
Bundan tashqari, sentyabr–oktyabr oylarida terrorchilik va ekstremistik jinoyatlar sodir etgan olti kishi qamoq jazosiga hukm qilingan. Joriy yilning boshidan buyon bunday jinoyatlar uchun jami 89 kishi (shundan olti nafari xorijiy davlat fuqarolari) ozodlikdan mahrum etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Bishkekdagi savdo markazlarida teraktlar uyushtirish bilan tahdid qilgan shaxsni qo‘lga olgandi.
Live
Barchasi