Qozog‘istonlik sportchi World Boxing prezidenti bo‘ladi

Sport

image

2004 yil Afinadagi Olimpiya o‘yinlari kumush medali sovrindori va o‘rta vazn toifasida jahon chempioni unvonini eng ko‘p himoya qilgan qozog‘istonlik bokschi Gennadiy Golovkin joriy yilning 23 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan World Boxing prezidentlik saylovi uchun mustaqil tekshiruv komissiyasi tomonidan tasdiqlangan yagona nomzod hisoblanadi. Shu tariqa u bu yil havaskor boksning asosiy boshqaruv organiga aylangan World Boxing'ni boshqarishi kutilmoqda. Bu haqda “Thye Guardian” nashri xabar berdi.

Golovkinning dastlabki prezidentlik muddati 2027 yilgacha davom etadi. U o‘z manifestida havaskor boksga bo‘lgan ishonchni tiklash, Los-Anjeles-2028 Olimpiadasidan boshlab sportning uzoq muddatli olimpiya dasturidagi o‘rnini mustahkamlashni va’da qilgan.

“Havaskor sportchi sifatida 2004 yil Afinadagi Olimpiya o‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritdim. Bu medal nafaqat Qozog‘iston nomidan, balki olimpiya boksini belgilab beruvchi halollik va tartib-intizom qadriyatlari ifodasi sifatida qadrli. Professional sifatida men halolligim, hurmatim va toza raqobatga sodiqligim bilan tanilgan bir necha karra birlashgan jahon chempioniga aylandim”, deydi deydi Golovkin.

U boshqaruvni mustahkamlash, moliyaviy shaffoflikni ta’minlash, adolatli baholash uchun yangi texnologiyalarni joriy etish va dunyoning barcha mintaqalarida erkaklar hamda ayollar uchun imkoniyatlarni kengaytirishni maqsad qilganini ta’kidladi.

Xalqaro olimpiyada qo‘mitasi (XOQ) 2021 yil Tokio va 2024 yil Parij Olimpiadalarida boks musobaqalarini o‘zi tashkil qilgan edi. Biroq Parij o‘yinlarida gender muvofiqligi bo‘yicha bahslar yuzaga kelgani sababli qo‘mita 2028 yilgacha yangi hamkor tuzilmani tanlashi zarurligini bildirgan edi.

2025 yilda Liverpulda jahon chempionatini o‘tkazgan World Boxing joriy yilning fevral oyida XOQ tomonidan rasmiy ravishda tan olingan edi. Mazkur turnirda erkak va ayol sportchilarning ishtiroki uchun majburiy jinsiy test joriy etilgan bo‘lib, XOQ ham Los-Anjeles-2028 Olimpiadasi uchun ushbu tizimni ko‘rib chiqayotgani aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Gennadiy Golovkin prezidentlik saylovi World Boxing

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing