Gennadiy Golovkin Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi
Sport
−
27 yanvar 3377 1 daqiqa
Kecha, 26 yanvar kuni Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasida World Boxing va Qozog‘iston milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari Gennadiy Golovkin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Bu haqda bokschi o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
“O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevdan taklifnoma va Toshkentda samimiy kutib olishgani uchun minnatdorman. Jahon boks federatsiyasi rahbari sifatida boksga eng yuqori hukumat darajasida e’tibor qaratilishi men uchun juda muhim”, deya izoh yozadi Golovkin.
Shuningdek, GGG sportning rivojlanishi hamda uning xalqaro va Olimpiya harakatidagi o‘rnini muhokama qilish imkoniga ega bo‘lganidan mamnunligini bildirgan.
Ma’lumot uchun, kecha, 26 yanvar kuni Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasida bo‘lib o‘tdi va unda O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi. Tadbirda Shavkat Mirziyoyev Osiyo Olimpiya kengashi prezidenti etib saylangan Shayx Jav’an bin Hamad Ol Soniyga Milliy Olimpiya qo‘mitasi Shon-sharaf ordenini topshirdi. Shundan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev Osiyo Olimpiya kengashi rahbariyati va tashkilot Bosh assambleyasi ishtirokchilarini qabul qildi va Osiyo Olimpiya kengashi bosh direktori, Butunjahon suv sporti federatsiyasi prezidenti Husayn al-Musallamga O‘zbekiston Respublikasining yuksak davlat mukofoti – “Do‘stlik” ordenini topshirdi.
Live
Barchasi