Toshkent katta boks musobaqasiga mezbonlik qiladi
Sport
−
27 noyabr 5226 1 daqiqa
2026 yilgi World Boxing tashkiloti kubogi bahslarining final janglariga Toshkent mezbonlik qiladigan bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning sentyabr oyida Liverpulda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati doirasida World Boxing tashkiloti kubogining final bosqichi mezbonligini qabul qilish bo‘yicha arizalar topshirilishi boshlangan edi. O‘zbekiston boks federatsiyasi vakillari ham mezbonlik uchun o‘z taqdimotlarini World Boxing Ijroiya Qo‘mitasiga taqdim etgan.
O‘zbekiston boks federatsiyasi tomonidan qo‘mitaga taqdim etilgan ariza World Boxing direktorlar kengashi tomonidan ma’qullanib, O‘zbekistonga ishonch bilan topshirildi. Endilikda, 2026 yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan World Boxing tashkiloti kubogi bahslarining final janglariga Toshkent mezbonlik qiladigan bo‘ldi.
Kubok bahslarining birinchi bosqichi aprel oyida Braziliyada o‘tkazilsa, ikkinchi bosqich iyunda Xitoy davlatida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Liverpulda bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 11 ta medalni qo‘lga kiritgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qozog‘istonlik boks yulduzi Gennadiy Golovkin World Boxing prezidentligiga saylanishi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi