“Chegara bedarvoza emas”. TIV Qozog‘istondagi mojaroni nazoratga oldi (video)

3-sahifa

image

Avvalroq, Qozog‘istonning Turkiston viloyatidagi “Qoplonbek” chegara o‘tkazish punktida noma’lum shaxs olti qirrali buragich (“otvertka”) bilan qo‘rqitib, O‘zbekistondan o‘tgan shaxslardan “ulush” talab qilgani haqida xabar berilgandi. Ushbu holat O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan nazoratga olindi.

Ma’lum qilinishicha, vazirlik, O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari hamda konsullik muassasalari ko‘ngilsiz holatlarni zudlik bilan nazoratga olib, tegishli xorijiy idoralar bilan doimiy muloqot o‘rnatgan.

Qayd etilishicha, yaqinda Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyati Sariog‘och tumanidagi “Koplonbek” chegara o‘tkazish punktida ro‘y bergan holat ham O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan nazoratga olingan. Vaziyat yuzasidan xorijiy hamkorlar bilan ishchi tartibda muloqot va muvofiqlashtiruv ishlari amalga oshirilgan.

“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti mazkur vaziyat, shuningdek, ikki mamlakat chegarasidagi ro‘y berayotgan vaziyatlar bo‘yicha qozog‘istonlik hamkorlar bilan doimiy aloqada bo‘lib, holatni atroflicha o‘rganish va fuqarolarimiz huquqlarini ta’minlash yuzasidan tegishli ishlarni davom ettirmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiston viloyati Politsiya departamenti mazkur holat yuzasidan izoh bergandi.

Boshqarma matbuot xizmatiga ko‘ra, Turkiston viloyati Sariog‘och tumanidagi “Qoplonbek” o‘tkazish punktida sodir etilgan noqonuniy xatti-harakatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat sodir etganlikda gumonlanib, muqim yashash joyiga ega bo‘lmagan 43 yoshli ishsiz Turkiston viloyati fuqarosi qo‘lga olingan. Gumonlanuvchi Sariog‘och tumani politsiya boshqarmasining vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. Hodisaning qachon sodir bo‘lgani ochiqlanmagan.

Politsiya har qanday noqonuniy xatti-harakat Qozog‘iston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Koplonbek

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing