Qurol ishlab chiqaruvchilarning daromadi rekord darajada ko‘paydi

Olam

image

2024 yil yakunlariga ko‘ra, dunyoning eng yirik 100 ta mudofaa kompaniyasining daromadi 5,9 foizga oshib, rekord 679 milliard dollarga yetgan. Bu haqda Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqot instituti (SIPRI) hisobotida so‘z boradi.

Qayd etilishicha, global o‘sishdagi asosiy hissa Yevropa va AQSH ishlab chiqaruvchilari tomonidan qo‘shilgan, biroq bu tendensiya boshqa mintaqalarda ham kuzatilgan. Umuman olganda, 2015 yildan buyon SIPRI reytingidagi kompaniyalar daromadi 26 foizga o‘sgan. Mutaxassislar bunday o‘sishni Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush hamda Isroilning HAMAS harakatiga qarshi urushi bilan izohlaydi.

SIPRI reytingidagi Rossiyaning ikki korxonasi: “Rostex” davlat korporatsiyasi 7-o‘rinni, Birlashgan kemasozlik korporatsiyasi (BKK) esa 41-o‘rinni egallagan. O‘tgan yili “Rostex” daromadi 26 foizga oshib, 27,1 milliard dollarga yetgan, BKK daromadi esa 6,5 foizga o‘sib, 4,1 milliard dollarga chiqqan.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq SIPRI dunyoda 12 mingdan ortiq yadro kallaklari mavjud ekani va yadro sinovlari soni 2000 dan oshgani haqida xabar bergan edi. Shuningdek, “Yadro klubi” deb ataluvchi to‘qqizta davlat – AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Isroil va Shimoliy Koreya de-yure yoki de-fakto yadro quroliga ega va o‘z arsenallarini modernizatsiya qilishda davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qurol SIPRI mudofaa kompaniyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing