Quyma oltinni chegaradan yashirincha o‘tkazayotgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
23 fevral 3257 1 daqiqa
Toshkent viloyatidagi “Navoiy” chegara bojxona postidan 338 gramm quyma oltinni yashirincha olib o‘tishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi. Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishcha, mazkur shaxs bojxona postiga piyoda kirib kelgan. Xodimlar tomonidan yo‘lovchining harakatlarida shubha uyg‘otuvchi holatlar kuzatilgan. Shundan so‘ng fuqaro “Body scanner” qurilmasi orqali bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.
Natijada fuqaroning oyoq kiyimlari ostiga yashirilgan, og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan hamda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida qayd etilmagan umumiy og‘irligi 338 gramm bo‘lgan quyma oltin parchalari borligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Esaltib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondan Tojikistonga noqonuniy olib ketilayotgan dori vositalari chegarada to‘xtatib qolingandi.
Live
Barchasi