“Kalmaegi” tayfuni Vetnamga ko‘chdi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
07 noyabr 2287 1 daqiqa
Filippinda vayronagarchiliklarni yuzaga keltirgan “Kalmaegi” tayfuni Vetnamga ham yetib bordi. Kamida besh kishi halok bo‘lgan, yana yetti nafar odam jarohat olgan. Bu haqda bugun, 7 noyabr kuni Vetnam favqulodda vaziyatlar boshqarmasining operativ hisobotiga tayanib, “Vietnam News” xabar berdi.
Qayd etilishicha, kamida besh kishi halok bo‘lgan, yana yetti nafar odam jarohat olgan. Asosiy zarba tog‘li Zya Lay va Daklak viloyatlariga tekkan. Ayni paytda faqat shu hududlarda halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarma’lum bo‘lgan. O‘nlab uylar butunlay vayron bo‘lgan, qariyb 3 mingta uy tomsiz qolgan, 11 ta baliqchi kemasi cho‘kib ketgan.
“Kalmaegi” tayfuni energetika infratuzilmasiga jiddiy zarar yetkazgan – 28 ta avariya ro‘y bergan, oqibatda 1,6 milliondan ortiq iste’molchi elektrsiz qolgan. Undan 315 ming aholiga elektr ta’minoti qayta tiklangan. Tayfun oqibatida, ko‘plab yo‘llar vayron bo‘lgan, ko‘chki holatlari qayd etilgan.
Mahalliy hokimiyat jabrlangan hududlarni ko‘zdan kechirish, talafotni baholash va tiklash ishlarini davom ettirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq markaziy va janubiy Filippin orollariga yopirilgan “Kalmaegi” tayfuni oqibatida kamida 140 kishi halok bo‘lgani, yana 127 nafar inson bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgan edi.
Mohichehra Qadamova
Live
Barchasi