Kam chekish ham o‘limga olib boradi – tadqiqot

Salomatlik

image

AQSHning Jon Xopkins universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, hatto kuniga 2–5 ta sigaret chekish ham infarkt, yurak yetishmovchiligi va o‘lim xavfini sezilarli darajada oshiradi. Bu haqdagi tadqiqot PLOS Medicine jurnalida chop etildi.

Tadqiqot uchun 300 mingdan ortiq odamlar ma’lumotlari tahlil qilingan. 

Taxminan 20 yillik kuzatuv natijalari shuni ko‘rsatdiki, yengil, ya’ni kam chekuvchilar yurak yetishmovchiligi xavfi bo‘yicha 50 foiz, barcha sabablar bo‘yicha o‘lim xavfi esa 60 foizga yuqori bo‘lgan. Hatto sigaretdan voz kechganidan 30 yil o‘tgan bo‘lsa ham, xavf oshib boradi, biroq birinchi 10 yil ichida sezilarli darajada kamayadi. Ya’ni, haftada bir necha marta yoki faqat stress paytida chekish ham xavfsiz emas.

Olimlar ta’kidlaydiki, sigaret miqdorini kamaytirish foydasiz, eng muhim chora imkoni boricha tezroq butunlay chekishni tashlashdir. Bu yurak va qon tomirlari uchun uzoq muddatli xavfni sezilarli darajada kamaytiradigan yagona strategiyadir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyo bo‘ylab 100 mln odam, jumladan, 15 mln o‘smir sigaret chekishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

chekish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing